
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019 yil 7 iyundagi “Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish,
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish”to‘g‘risidagi4354-sonli qarori asosida Samarqand tuman axborot-kutubxonasi 2019 yil 2237 nusxa adabiyotlar bilan uz faoliyatini boshladi.
Bugungi kunga qadar kutubxona fondi 20368 nusxaga boyitildi.Shulardan:
8113 nusxa badiiy adabiyotlar
8022 nusxa amaliy adabiyotlar
928 nusxa bolalar adabiyoti
1334 nusxa ijtimoiy adabiyotlar
270 nusxa adabiyotshunoslikka doir va bundan tashqari rus,tojik, qirg‘iz adabiyotlar ham mavjud.Kutubxonamizni fondini boyitish maqsadida sovg‘a va sotib olish yullarini qo‘llanilmoqda.
Bugungi kunda kutubxonada umumiy foydalanuvchilari 8253 nafarni tashkil etadi.
Kutubxonaga kitobxonlarni soni kupaytirish va kitobxonlikni ommalashtirish maksadida tuman tashkilotlarida, maktab va DMTT, mahallalarda kitob targ‘ibotlari, tadbirlar eskursiyalar tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari elektron saytlari, ijtimoy tarmoqlari mavjud.
Doimiy ravishda tumanda kitobxonlik haftaligi, g‘azalxonlik, badiiy kechalar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Masalan Samarqand tuman Axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Qatağon qurbonlarini yod etish" kuniga baģishlab videorolik tayyorlandi va keng kitobxonlar ommasiga taqdim etildi.
2025-yil 2-12-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida aholiga axborot - kutubxona xizmat ko‘rsatishini yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha "Moviy jomadon tashrifi" loyihasi asosida Samarqand tuman axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi "Ahil Oila" xususiy bog‘chasida ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
“Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi qiziqarli sayohat bo‘lib o‘tdi. Samarqand tumanidagi Imkoniyati cheklangan kasb-hunar texnikumi o‘quvchilari kutubxona bo‘ylab sayohat qilib, zamonaviy o‘quv xonalari va ko‘zi ojizlar uchun maxsus kutubxona bilan yaqindan tanishishdi.
Maktablarda xam kutubxona xodimlari yangi kelgan adabiyotlar haqida ma’lumot berib, o‘quvchilargaularni o‘qishlari tavsiya qilishinmoqda.
Tuman axborot - kutubxona markazida "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida navbatdagi ma’naviy - ma’rifiy tadbir -" Kitob aql charog‘i" nomli kitob ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi - kitobxonlarni yangi adabiyotlar bilan tanishtirish, mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish va kitobga bo‘lgan muhabbatini mustahkamlashdir.
Xurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!
Kitob – bilim manbai! Siz ham kutubxonlarga tashrif buyuring va yangi olamlarni kashf eting!
Siz ham biz bilan birga kitob olamiga sayohat qiling.
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.