Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

dehqonchilik va dala madaniyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Samarqand tumani “Chordara MMTP” hududida qishloq xo‘jaligi maydonlarida kuzgi tadbirlarni sifatli o‘tkazish, dehqonchilik va dala madaniyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Dilshod Agro Meva” fermer xo‘jaligi dala maydonida tashkil qilingan uchrashuvda tuman hokimi S.Usmanov, tuman prokurori Gʻ.Abdurahmonov, IIB boshlig‘i A.Rahmatovlar fermer xo‘jaliklarida kuzgi agrotexnik tadbirlarning borishi, g‘alla parvarishi, to‘qsonbosti ekinlarni ekish, ariqlarni betonlashtirish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, "Yashil makon" umummilliy loyihasi ijrosi doirasida bajarilayotgan tadbirlar haqida so‘z bordi.

Xo‘jaliklarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning ahvoli tahlil qilindi. Belgilangan vazifalarni sifatli bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan fermerlar faoliyati tanqid ostiga olindi.

Suv tejamkorligiga erishish maqsadida ariqlarni tozalash va ularni betonlashtirish, dala chetlaridan samarali foylalanish tadbirlarini o‘z muddatida sifatli amalga oshirish yuzasidan soha mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi.


Дата добавления: 12/11/2024 12:00;   Просмотров: 270
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку