Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

ENDI XUSUSIY OLIYGOHLARDAGI PEDAGOGIK YO‘NALISHLAR DAVLAT INSTITUTLARI BILAN BIR XIL BO‘LADI

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda ta’lim sohasida keng e’tibor qaratildi.

- Bugungi kunda xususiy oliygohlarga keng yo‘l ochilgan. Lekin ularda pedagogika yo‘nalishidagi talabalarning 70 foizi maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va filologiya bo‘yicha o‘qiyapti. Birortasida kimyo, biologiya va fizika bo‘yicha muallim tayyorlanmaydi. Vaholanki, maktablarimizda aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘qituvchi yetishmaydi.
- Shu bois, bundan buyon, xususiy oliygohlardagi pedagogik yo‘nalishlar davlat institutlari bilan bir xil bo‘ladi. Ulardagi pedagoglar va talabalar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi. Bu orqali nodavlat oliygohlarda pedagog tayyorlash sifati nazoratga olinadi.
Davlatimiz rahbari yoshlarni nufuzli xorijiy universitetlarda o‘qitish masalasiga alohida to‘xtaldi. Farzandlarimiz juda iqtidorli ekani, faqat ularni to‘g‘ri yo‘naltirib, maqsadli tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.
Shu maqsadda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi boshlanadi, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab tashkil etiladi. Unga 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, reytingi yuqori oliygohlarga maqsadli tayyorlanadi.

Zuhra QUDDUSOVA,
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputati.


Последнее редактирование: 20/05/2025 16:17;   Просмотров: 19
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку