Ipak qurti parvarishlash qizg‘in pallada
Joriy yilda Samarqand tumanidagi fermer xo‘jaliklari va kasanachilar bilan 1506 quti ipak qurti parvarishlash bo‘yicha shartnomalar tuzilgan.
Samarqand tuman hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Baratova hamda Samarqand viloyati hududiy “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ul hodimi S.Obidov Yangijoy mahallasidagi “Suyunov Akbar Qodirovich” fermer xo‘jaligida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ayni vaqtda Samarqand tumanida ipak qurti parvarishlash jarayoni qizg‘in pallaga kirgan. Mas’ullar kasanachi xotin-qizlarning ipak qurti boqishdagi ko‘p yillik tajribalari bilan qiziqdi. Uy sharoitida pilla yetishtirish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, oilalarning moddiy ta’minotini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.