Hademay g‘alla o‘rimi mavsumi boshlanadi. Buning uchun o‘rim kombaynlari hozirlab qo‘yilgan.
Soha xodimlari Samarqand tumanida 2025-yil g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumida qatnashadigan g‘alla o‘rish kombaynlarini ta’mirlanganlik holatini ko‘zdan kechirishdi.
Yig‘ilganlar kombaynlarning o‘z vaqtida, sifatli tamirlanish holati, yoqilg‘i moylash materiallari zaxirasining shakllantirilishi va ko‘chma servis xizmati ko‘rsatish guruhlarining kasbiy, texnik tayyorgarligiga alohida etibor qaratishdi.
Shuningdek, mavsumni risoladagidek o‘tkazish, hosilni nesnobud qilmasdan sifatli holatda yig‘ib olish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.