Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Konigil mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar bilan ochiq muloqot kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan bugun Konigil mahallasidagi 53-umumta’lim maktabida yoshlar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari, mahalla faollari, faxriy nuroniylar hamda “Gulobod tongi” gazetasi muharriri Savrinso Narzullayeva ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, tashabbuslari va kelajakdagi rejalari tinglandi hamda qo‘llab-quvvatlandi. Tadbirda eng ko‘p kitob o‘qigan o'quvchilarga 5 million so‘m mukofot berish tashabbusi ilgari surildi. Maktab direktori Qumri Sharipova ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlab, kelajakda mukofot miqdorini yanada oshirishga harakat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ham namoyish etilib, tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir yuqori saviyada o‘tib, yoshlarning tashabbuslari va faolligi barchada katta taassurot qoldirdi.

Дата добавления: 12/03/2026 13:47;   Просмотров: 28
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку