Tumandagi 52-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasida "Milliy libos-ma’naviyat ko‘zgusi" hamda “Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman xotin-qizlar targ‘ibot guruhi rahbari Sh.Hafizova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi M.Hasanova hamda tumandagi “Gulobod tongi” gazetasi muharriri S.Narzullaeva, va o‘quvchi-qizlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida maktab yigit-qizlari tomonidan milliy liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Tadbirda so‘z olgan mutasaddilar milliy urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarimizning hayotimizdagi ahamiyati, kiyinish odobi, milliy kiyimlarning ma’naviyatimizni yuksaltirishidagi o‘rni hamda qadriyatlarni qadrlash, milliy libos va ma’naviyatimizni ulug‘lash, asrash lozimligini ta’kidlashdi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchi yoshlari tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” asaridan sahna ko‘rinishi namoyish etildi, shuningdek, tadbir yakunida yoshlar faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘z MUXBIRIMIZ.
Surat muallifi Bekzod QODIROV.
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.