
Bugun 50-maktabda oʻtkazilgan siyosiy-maʼnaviy-maʼrifiy soat yuksak ruhda va mazmunli tarzda tashkil etildi.
Tadbirda yoshlar tarbiyasi, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, milliy qadriyatlar va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir avvalida “Gulobod tongi” gazetasi bosh muharriri Savrinso Narzullayeva soʻzga chiqib, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil toʻxtaldi. U yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, xorijiy tillarni oʻrganishi hamda oʻz iqtidorini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladi. Shuningdek, kitob mutolaasi inson tafakkurini boyitishi, dunyoqarashini kengaytirishi va maʼnaviy kamolotga yetaklashini alohida qayd etdi.
Shundan soʻng targʻibot ishlari rahbari Shiora Xafizova yoshlarga murojaat qilib, milliylik, vatanparvarlik va maʼnaviy qadriyatlar haqida taʼsirli fikrlar bildirdi. Oʻz nutqida yoshlarga yot gʻoyalarga berilmaslik, mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, ajdodlarimizning boy merosini chuqur oʻrganish zarurligini alohida urgʻuladi. Ayniqsa, qizlarning taʼlim olishi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi va faol boʻlishi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini taʼkidladi.
“Oqila ayollar” harakati rahbari Oqila ayollar harakati vakili Shohista Negmatova ham soʻz olib, oiladagi tarbiya, ayollarning jamiyatdagi oʻrni va yoshlar maʼnaviyatini shakllantirishdagi masʼuliyat haqida gapirdi. U yoshlarni milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etish zarurligini alohida taʼkidladi.
Tadbir davomida yoshlarga berilayotgan taʼlim, tadbirkorlik, sport va ijodiy yoʻnalishdagi imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumot berildi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va faol ishtirok etdilar.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy soat yoshlarning qalbida milliy gʻurur, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, ularni bilimli va maʼrifatli boʻlishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Copyright © 2026. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.