Xabar qilganimizdek, 10-13 oktabr kunlari «SOF EXPO Samarkand» ko‘rgazma markazida
Samarqandda ilk bor HoReCa va Turizm sohasiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir soha vakillari uchun o‘zaro tajriba almashish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va hamkorlikning yangi imkoniyatlarini topish uchun muhim maydonga aylanadi.
Ko‘rgazmaning dastlabki kunida Samarqand tumani hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jo‘rabek Suyuno va mutaxassislar forumlar va B2B uchrashuvlarida ishtirok etishdi. Bu ularga biznes aloqalarini chuqurlashtirish va bozorning so‘nggi tendensiyalari bilan tanishish imkonini berdi.
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.