Samarqand tumandagi kichik sanoat zonalari faoliyati o'rganildi
Samarkand viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Azizbek Vaxabov, viloyat kichik sanoat zonalari direksiyasi rahbari A.Qamarovlar Samarqand tuman investitsiyalar sanoat va tashqi savdo bo'limi bilan birgalikda tumandagi "Yangiariq kichik sanoat zonasi"da faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar bilan tanishdi. Bu yerda mavjud loyihalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilib, muammolarni hal etish belgilab olindi.
Jumladan, “ORIENTAL BUZINESS STILL” XK tomonidan polietilen truba va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, “SHERZOD FRUITS BOX” MCHJ gofra karton ishlab chiqarishni tashkil etish, “MAROCAN MOSAIC” MCHJ tomonidan tarixiy obidalarni ta'mirlash va mozayka mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish hamda "PRAKTIK SAMARKAND" MCHJ QKning elektron chiqindilar utilizatsiyasi loyihasi doirasidagi muammolarini hal etilishi nazoratga olindi.
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.