Xabaringiz bor Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda
Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlardan iborat bir guruh davlat xizmatchilari uchun Xitoyga 5 kunlik malaka oshirish dasturi tashkil etilgan edi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Sichuan provinsiyasining Iqtisodiy hamkorlik byurosi, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish departamenti va boshqa kator tashkilotlarda bo‘lishdi. Unda turli sohalarda hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Xususan, Samarqand tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs G‘aniyev ishtirokida xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, tomonlarning amaliy hamkorligini rivojlantirish maqsadida qator kelishuvlarga erishildi.
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.