
Samarqand viloyatida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” doirasida sport musobaqalari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.
Xususan, Samarqand tumanida badiiy gimnastika bo‘yicha “Samarqand tumani hokimi olimpiadasi” bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur musobaqada Sport vazirligi vakili Sunnatullo G‘ulomnazarov, tuman hokimi o‘rinbosari G‘.Babaxalov hamda mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, yosh sportchilarga yuqori o‘rinlarni qayd etishiga ishonch bildirishdi. Bellashuvlarda 13–14 yosh toifasidagi iqtidor sportchi qizlar qatnashib, g‘oliblik uchun murosasiz bahs olib bordilar. Ularning har bir chiqishi hakamlar hayʼati tomonidan adolatli baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng kuchli va munosib ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.
Copyright © 2026. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.