
Bugun “Gulobod tongi” gazetasi binosida siyosiy-ma’naviy-ma’rifiy soat yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir davomida mamlakatimiz hayotidagi muhim voqealar, xususan, Prezidentimizning Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo'shma Shtatlariga amalga oshirgan tashrifi mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, ushbu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ayniqsa, ochiq muloqot va o‘zaro manfaatli kelishuvlar mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Shuningdek, tadbirda “Milliylik kuni” doirasida bugungi kunning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi. Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar ongiga vatanparvarlik, sadoqat va ma’naviy poklik tuyg‘ularini singdirish, globallashuv sharoitida milliy o‘zligimizni saqlab qolish masalalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
So‘zga chiqqanlar bugungi islohotlar jarayonida har bir fuqaroning faol fuqarolik pozitsiyasi muhim ekanini ta’kidlab, jamiyatimiz taraqqiyoti yo‘lida birlashish, hamjihatlik va fidoyilik bilan mehnat qilish zarurligini qayd etdilar.
Uchurashuv yakunida qatnashchilar mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalq farovonligini oshirish va Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ezgu maqsadlar barchamizni yanada mas’uliyatli va faol bo‘lishga undashini alohida ta’kidladilar.
Copyright © 2026. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.