Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Yoshlar bilan ochiq va samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun tumanimiz hokimi Sirojiddin Usmanov va Ichki ishlar bo'limi boshlig'i Sherzod Tog'ayev hamda bir qator soha rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq va samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning muammolarini joyida hal etish hamda yangi tashabbus va g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, elektron platformalar orqali ish topish imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tuman kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Amir Gaybiyev tomonidan Telegram tarmog‘i orqali 1200 nafar fuqaroning ish bilan ta’minlangani ta’kidlandi. Asosan, chet eldan qaytgan fuqarolar bilan manzilli ishlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilinib, Aloqabank rahbari tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, jumladan, imtiyozli kreditlar olish tartibi tushuntirildi.
Uchrashuv davomida muammoli yoshlarning murojaatlari o‘z joyida ko‘rib chiqilib, amaliy yechimlar belgilandi. Yoshlar bilan individual ishlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Tadbirda tuman hokimi tomonidan ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan jinoyatchilik holati yuzasidan ma’lumotlar berilib, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va jamiyatdagi faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Дата добавления: 15/01/2026 14:08;   Просмотров: 32
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку